O‘zbekistonda paxta terimida qo‘l mehnatidan qachon voz kechiladi?
Jamiyat
−
16 yanvar 2020
7398O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida paxta hosili terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Paxta hosilini yig‘ishtirib olishni mexanizatsiyalashni joriy etishni jadallashtirish:
• birinchi bosqichda (2020 - 2022 yillar) Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida;
• ikkinchi bosqichda (2023 - 2026 yillar) respublikaning qolgan hududlarida amalga oshiriladi.
2020 yilda Moliya vazirligi Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida paxta hosilini yig‘ishtirib olishda mashinalar xizmatidan foydalanganlik uchun xarajatlarning 30 foiziini qoplashni davom ettiradi.
Qaror bilan 2020 - 2026 yillarda respublikada paxta terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirish va paxta terish mashinalarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari rejasi ma’qullandi.
“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tizimidagi tashkilotlarga istisno tariqasida:
• tenderlar o‘tkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish uchun butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallar sotib olishga, transport xizmatlari va boshqa xizmatlar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga;
• butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarni import qilishda tovarlar erkin muomala (import) uchun chiqarishning bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab QQSni to‘lashni 270 kun kechiktirib amalga oshirishga ruxsat berildi.
LiveBarchasi