O‘zbekistonda oziq-ovqat importi nega ko‘paygani ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Joriy yilda 2021 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan Respublikaning tashqi savdo aylanmasida oziq-ovqat mahsulotlari importining ulushi va hajmi yuqori sur’atlarda o‘sdi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi bunday o‘zgarishning sabablarini tushuntirdi.

Qayd etilishicha, joriy yil yanvar-mart oylarida mamlakat oziq-ovqat mahsulotlari importining tarkibi 2021 yil importining tarkibiga nisbatan sezilarli darajada o‘zgargan. Xususan, margarin va o‘simlik yog‘i, go‘sht, kartoshka va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulushi ortgan.

Shunindek, import geografiyasi, mahsulot turlarining ulushi va hajmi ham nisbatan o‘zgargan bo‘lib, asosiy mahsulot import qilib olingan davlatlar ichida birinchi o‘ringa Qozog‘iston 309,7 mln dollar, ikkinchi o‘ringa Rossiya Federatsiyasi 205,2 mln dollar va uchinchi o‘ringa 97,5 mln dollar hajm bilan Braziliya davlati chiqqan.

Tahlillarga ko‘ra, mamlakat importining ortishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan:

Birinchi omil – bu Rossiya Federatsiyasi va Belarusga nisbatan Amerika Qo‘shma Shtatlari, Yevropa Ittifoqi va boshqa rivojlangan davlatlar tomonidan qo‘llanilgan misli ko‘rilmagan iqtisodiy sanksiyalar sabab jahon oziq-ovqat bozorida narxlarning va logistika tariflarini yuqori sur’atlarda o‘sgan.

Ikkinchi omil – bu O‘zbekiston Respublikasi tomonidan bir qator qo‘shni davlatlarga bug‘doy, un va o‘simlik yog‘i mahsulotlarini eksport va reeksport qilish hajmining o‘sishi hisoblanadi. Un eksportining ta’siri ham bug‘doy va bug‘doy unining importiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatgan.

2022 yil mart oyida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (OQT) ma’lumotiga ko‘ra, OQT Oziq-ovqat narxlari indeksi 159,3 punktni tashkil etib, fevral oyiga nisbatan 12,6 foizga va 2021 yil mart oyi Indeksiga nisbatan 33,6 foizga yuqori bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, oziq-ovqat mahsulotlari importi umumiy hajmining o‘sishiga o‘rtacha import narxlarining qimmatlashuvi qariyb 55-60 foiz darajasida ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, import qilingan mahsulotlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar eksporti hajmining o‘sishi 40-45 foiz ta’sir ko‘rsatgan.


Maqola muallifi

Teglar

import oziq-ovqat

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing