O‘zbekistonda oltin yombilarini sotish apparatlari o‘rnatilishi mumkin
Jamiyat
−
10 fevral 2020
5091Joriy yilning 1 iyulidan oltin va hamda kumush yombilarini ishlab chiqarish hamda maxsus apparatlar sotish yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasida turizm xizmatlarini yanada diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasida so‘z boradi. Qaror loyihasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tayyorlanib, Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirildi.
Unga ko‘ra, 1, 3 va 5 grammli oltin va hamda kumush yombilarni ishlab chiqarish hamda maxsus apparatlarda sotishni yo‘l qo‘yish taklif qilinti. Joriy yilning 1 iyulidan Toshkent shahri, Xorazm, Samarqand, Buxoro va Toshkent viloyatlarida, 2021 yilning 1 yanvaridan boshqa hududlarida ham yo‘lga qo‘yiladi.
Shu yozda O‘zbekistonda oltin va kumush yombilarini savdo vending avtomatlari paydo bo‘lishi mumkin.
Odatda bunday avtomatlar diqqatga sazovor joylar yonida o‘rnatiladi.
O‘zbekiston hukumati turistik ob’ektlar yaqinida bunday savdo apparatlarini o‘rnatish ko‘zda tutmoqda.
Avtomatlarda sayyohlar 1,3 va 5 gramm miqdorida bo‘lgan oltin va kumush yombilarni sotib olishi mumkinligi ko‘zda tutilmoqda.
Bu Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan O‘zbekistonda turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish chora-tadbirlariga doir hukumat qarori loyihasida qayd etilgan.
Ta’kidlanishicha, kamida 10 ta avtomat o‘rnatish rejalashtirilgan:
2020 yil 1 iyulgacha – Toshkent, Toshkent, Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlarida;
2021 yil 1 yanvargacha - respublikaning boshqa hududlarida.
LiveBarchasi