O‘zbekistonda oltin yombilar erkin sotuvga chiqarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘lchovli oltin quymalarni tijorat banklari orqali sotuvga chiqarmoqda. Bu haqda MB Markaziy banki Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, bu aholining investitsiya va jamg‘arish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, qimmatbaho metallar muomalasini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan.

Og‘irligi 5, 10, 20 va 50 gramm bo‘lgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotuv uchun taqdim etiladi. Oltin quymalarning qadog‘i sertifikat vazifasini bajaradi va o‘z seriya raqamiga ega bo‘ladi.

“Oltin quymalarning sotish va qaytarib sotib olish narxlari oltinning jahon bozoridagi narxi va Markaziy bank tomonidan belgilangan marja yoki chegirma asosida shakllanadi va har kuni Markaziy bankning veb-saytida milliy valyutada e’lon qilib boriladi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun ta’kidlash kerakki, marja va chegirma miqdorlari o‘lchovli quymalarning muomalaga chiqarilishi va muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq operatsion xarajatlarni hisobga olgan holda belgilanadi.

Ta’kidlanishicha, qadoqlari but oltin quymalar sotuv shaxobchalarida tijorat banki tomonidan yombi egasiga to‘lovni darhol amalga oshirish orqali qaytarib sotib olinadi.

“Qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan oltin quymalarni qaytarib sotib olish ularni texnik ekpertizadan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi va ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng to‘lov to‘lab beriladi”, deyiladi xabarda. 

Bundan tashqari, qadog‘i but holatdagi oltin quymalarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank oltin yombi

Baholaganlar

415

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing