O‘zbekistonda oltin yombilarini qanday sotib olish mumkin?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan, qimmatbaho metallardan tayyorlangan, Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan o‘lchovli yombilarni  MBning hududiy bosh boshqarmalari va tijorat banklari orqali sotish va qaytarib sotib olish mumkin. 

Bu haqda joriy yilning 30 iyun kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va qimmatbaho metallardan tayyorlangan o‘lchovli yombilarni sotish va qaytarib sotib olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasining qarorida so‘z boradi.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, yombilar narxlari xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasi, so‘mning AQSH dollariga nisbatan kursi, shuningdek, Markaziy bankning marja va chegirmasidan kelib chiqqan holda har kuni Markaziy bank boshqaruvi tomonidan belgilanadi. Bunda MB foyda olish maqsadini ko‘zlamaydi.

Sotib olish tartibi qanday jarayonlardan iborat?

-Jismoniy yoki yuridik shaxslar yombini sotib olish uchun shoxobchaga murojaat qiladi va naqd va naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li bilan to‘lovni amalga oshiradi;

- Shu kunning o‘zida sertifikat bilan qadoqlangan holdagi yombi xaridorga topshiriladi; 

- Har bir yombi sertifikati identifikatsiya seriya raqamiga ega bo‘ladi va ushbu raqam yombining yuza qismida ko‘rsatiladi.

“Qadog‘i buzilmagan va sertifikatga ega yombini qaytarib sotish uchun yombi egasi shoxobchaga murojaat qiladi. Shu kunning o‘zida bank qaytarib sotib olingan yombi bo‘yicha uning egasi bilan hisob-kitobni amalga oshiradi”, deyiladi ma’lumotda.
 
Ta’kidlanishicha, qadog‘i buzilgan yoki qadoqsiz yombilar almashtirilishi mumkin. 20 ish kuni mobaynida topshirilgan yombi Davlat asillik darajasini belgilash palatasida texnik ekspertizadan o‘tkaziladi, shundan keyin yombi egasiga beriladi.
 
Ekspertiza natijasida qalbakilashtirish alomatlari aniqlangan hollarda, yombilar Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi. Ushbu yombilar egalariga qaytarib berilmaydi va qaytarib sotib olinmaydi.
 
Ma’lum qilinishicha, hujjat 30 iyundan kuchga kirgan.


Maqola muallifi

Teglar

oltin yombi

Baholaganlar

302

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing