O‘zbekistonda olti oyda 550 milliard so‘mlik gaz va “svet” o‘g‘irlangan

Jamiyat

image

O‘zbekistonda olti oyda 550 milliard so‘mdan ortiq qiymatdagi gaz va elektr energiyasi o‘g‘irlangan. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 2024 yil 1 yanvardan 15 iyungacha o‘tkazilgan 40,8 mingta nazorat tadbirlari chog‘ida jami 38,8 mingta noqonuniy holat aniqlangan.

Mazkur noqonuniy holatlarning 13,5 mingtasi tabiiy gazdan, 25,3 mingtasi esa elektr energetikasidan qonunga xilof ravishda foydalanish bilan bog‘liqdir.

Bildirilishicha, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari Navoiy, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlarida boshqa hududlarga nisbatan ko‘proq aniqlangan.

“Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 17,2 mingta ma’muriy hamda 715 ta jinoiy ish rasmiylashtirilib, aybdorlar tegishli tartibda jazoga tortildi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Energetika vazirligi gaz va “svet”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing