O‘zbekistonda oktyabrdan jarimalar miqdori ham oshadi
Jamiyat
−
13 avgust 2024 14825 2 daqiqa
Avvalroq, O‘zbekistonda 1 sentyabrdan oylik, pensiya va nafaqalar miqdori oshirilishi, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 so‘m, bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m etib belgilanishi xabar qilingandi. Bu esa bazaviy hisoblash miqdoriga qarab hisob-kitob qilinuvchi jarimalar narxida ham endilikda ko‘tarilish bo‘lishini anglatadi:
- Taqilmagan kamar uchun – 187 500 so‘m;
- Texnik ko‘rik, birinchi tibbiy yordam to‘plami bo‘lmaganlik uchun – 187 500 so‘m;
- Transport vositasini hujjatsiz haydaganlik uchun – 375 000 so‘m;
- Transport vositasini sug‘urtasiz haydash – 375 000 so‘m;
- Svetoforda qizil chiroqdan o‘tish –750 000 so‘m;
- Noqonuniy parkovka qilganlik uchun ham – 750 000 so‘m.
- Davlat raqamisiz avtomobilni boshqarish: – 1mln 875 ming so‘m;
- Tezlik (+20 km/soat): 375 000;
- Tezlik (+20-40 km/soat): 1 mln 875 ming so‘m;
- Tezlik (40+ km/soat): 3 mln 375 ming so‘m;
- Qarama-qarshi tirbandlikda harakatlanganlik uchun – 3 mln 750 ming so‘m;
- Mast holatda transport vositasini boshqarish – 9 mln 375 ming so‘m va 3 yilgacha mashina boshqarish huquqidan mahrum qilish.
- Ruxsatsiz rang berganlik – 9 mln 375 ming so‘m
- “Tonirovka”dan bir yilda takroran ruxsatsiz foydalanish uchun esa – 15 mln so‘m jarima to‘lanadi.
Shuningdek, belgilanmagan joyga chiqindi tashlash Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan, 375 mingdan 1 mln 125 ming so‘mgacha, jamoat joylarida sigaret chekkanlik uchun esa 125 ming so‘m jarimaga tortiladi.
Hulkar Murtazoyeva
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025