O‘zbekistonda OIVga chalinganlar qanchaligi aytildi
Salomatlik
−
01 dekabr 2020
9294Bugun butunjahon orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS/OIV)ga qarshi kurash kuni. O‘zbekistonda 1 noyabr holatiga ko‘ra, OIV infeksiyasiga chalinganlar soni 43 581 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Respublika OISTga qarshi kurash markazi direktori Qahramon Yo‘ldoshev ma’lum qilgan.
Mutaxassis mamlakatda OIV va OITSga qarshi kurashda qanday natijalarga erishilayotgani haqida ma’lumot bergan.
“OIV infeksiyasi hozirgi kunda barcha mamlakatlar uchun global muammoga aylangan. OIV epidemiyasi boshlangandan buyon 75 milliondan ortiq kishi u bilan bilan kasallangan. Bu esa o‘z navbatida inson salomatligiga, mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hamda xavfsizligiga rahna solayotir.
Mamlakatimizda OITSga qarshi kurash tizimi oxirgi yillarda o‘z faoliyatining barcha yo‘nalishlarida qator yutuqlarga erishib kelmoqda. Yurtimizda OIV infeksiyasi bo‘yicha epidemik vaziyatda barqarorlashish kuzatilmoqda. Bu esa BMTning OIV va OITS bo‘yicha qo‘shma dasturining dunyo miqyosida tan olingan “90-90-90” strategik maqsadlariga erishishida katta ahamiyat kasb etadi”, deydi Qahramon Yo‘ldoshev.
Ayni vaqtda O‘zbekistonda 78 ta OIV diagnostika laboratoriyalari faoliyat olib bormoqda, ulardan 15 tasi OITSga qarshi kurash markazlaridagi laboratoriya komplekslari va 63 ta tumanlararo laboratoriyalardir. Ushbu laboratoriyalarda IFA, immunoblot, PSR, immunologik, klinik, biokimyoviy va bakteriologik tekshiruvlar o‘tkaziladi. Davlat tomonidan laboratoriyalarni test-sistema va reagentlar bilan ta’minlash uchun har yili 8 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilmoqda.
LiveBarchasi