O‘zbekistonda og‘ir ahvoldagi bemorlar ming nafardan oshib ketdi
Jamiyat
−
04 avgust 2020
15847Bugun, 3 avgust kuni O‘zbekistonda 748 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, ularning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, bugun poytaxt va Toshkent viloyatida 2 nafardan, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Kun davomida Toshkent shahri, Samarqand, Andijon, Surxondaryo, Toshkent, Namangan, Navoiy hamda Farg‘ona viloyatlarida jami 755 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 26 301 nafar bemordan 17 262 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 65 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 880 nafar bemordan 927 nafari og‘ir, 224 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi