O‘zbekistonda yil boshidan beri nechta odamda qizamiq aniqlangani ma’lum bo‘ldi

Salomatlik

image
0:00
0:00
download

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yil boshidan beri O‘zbekistonda qizamiq bilan kasallanish ko‘payganini ma’lum qilgan edi. Ushbu holat bo‘yicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida faol olib borilgan epidemiologik surishtiruvlar natijasida, O‘zbekiston bo‘ylab 37 nafar bemorda qizamiq kasalligi tasdiqlangan. 

Qizamiq kasalligi bo‘yicha murakkab epidemik vaziyatning oldini olish maqsadida, respublikada 2022 yilning 16 noyabr – 30 dekabr kunlari 6 oylikdan – 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qizamiq-qizilchaga qarshi ommaviy emlashlar o‘tkazilgan. Emlash tadbirlari natijasida rejadagi 3 355 900 nafar bolalarning 3 303 582 nafari yoki 98,4% emlash bilan qamrab olindi va hozirda ham emlash ishlari davom ettirilmoqda. 

“Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish joizki, hozirda respublikamizda kasallikka qarshi barcha zarur profilaktik choralar ko‘rilmoqda, epidemik vaziyat barqaror va to‘liq nazoratga olingan”, deyiladi xabarda.

Qayd etish joiz, 2022 yil yakuni bo‘yicha dunyo bo‘yicha 155 ming holatda qizamiq kasalligi ro‘yxatga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

JSST qizamiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing