O‘zbekistonda nechta maktab borligi aytildi
Jamiyat
−
13:52 2321 2 daqiqa
O‘zbekistonda 2025/2026 o‘quv yili boshida faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 11 118 tani tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich 1991/1992 o‘quv yiliga nisbatan 1,3 barobarga oshgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1991/1992 o‘quv yilida O‘zbekistonda 8 557 ta umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan. 2025/2026 o‘quv yiliga kelib, ularning soni 11 118 taga yetgan. 35 yil davomida maktablar soni 2 561 taga yoki qariyb 30 foizga ko‘paygan.
So‘nggi yillarda ham o‘sish dinamikasi kuzatilgan. Xususan, 2025/2026 o‘quv yilidagi ko‘rsatkich 2024/2025 o‘quv yiliga nisbatan 175 taga, 2020/2021 o‘quv yiliga nisbatan esa 937 taga ko‘p.
Maktablar soni keyingi yillarda ham bosqichma-bosqich o‘zgarib borgan.
Xususan:
1991/1992 o‘quv yili – 8 557 ta;
1995/1996 o‘quv yili – 9 289 ta;
2000/2001 o‘quv yili – 9 726 ta;
2005/2006 o‘quv yili – 9 803 ta;
2010/2011 o‘quv yili – 9 806 ta;
2015/2016 o‘quv yili – 9 720 ta;
2020/2021 o‘quv yili – 10 181 ta;
2021/2022 o‘quv yili – 10 289 ta;
2022/2023 o‘quv yili – 10 522 ta;
2023/2024 o‘quv yili – 10 750 ta;
2024/2025 o‘quv yili – 10 943 ta;
2025/2026 o‘quv yili – 11 118 ta.
Shu tariqa, 1991/1992 o‘quv yilidagi 8 557 ta ko‘rsatkich bilan taqqoslaganda, 2025/2026 o‘quv yiliga kelib O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qariyb 30 foizga oshgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda ta’lim sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 23,8 trln so‘mni tashkil etgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi