O‘zbekistonda necha kishi pensiya va nafaqa oladi?

Jamiyat

image

2021 yil 1 aprel holatiga O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3,9 mln nafarga yaqinlashib, aholi sonidagi ulushi 11,2 foizni tashkil qildi. Bu haqda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ma’lum qildi.

Shundan, 3,5 mln nafarga yaqinini pensiya va 400 ming nafardan ortig‘ini nafaqa oluvchilar tashkil etadi.

Joriy yilning 1-chorakda 86 535 nafar fuqaroga pensiya va nafaqa tayinlangan. Shundan 68 594 nafariga pensiya va 17 941 nafariga nafaqa tayinlangan.

Ma’lumot uchun, pensiya hisoblashning bazaviy miqdori oyiga 262 470 so‘mni, yoshga doir eng kam pensiya 513 350 so‘mni, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa 513 350 so‘mni, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqoralarga beriladigan nafaqa oyiga 315 030 so‘mni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

nafaqa pensiya

Baholaganlar

196

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing