O‘zbekistonda necha kishi koronavirusdan uyda davolanayotgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 22 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlar soni 1 ming 706 nafarni tashkil qilmoqda. 

Respublika maxsus komissiyasi markaziy shtabi a’zosi – Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi xodimi Jo‘shqin Qosimov karantinga olingan xonadonlar, uy sharoitida davolanayotgan bemorlar yuzasidan ma’lumot berdi.

•    Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 58,
•    Andijon viloyatida — 136, 
•    Jizzax viloyatida — 22, 
•    Navoiy viloyatida — 40, 
•    Namangan viloyatida — 21, 
•    Samarqand viloyatida — 96, 
•    Sirdaryo viloyatida — 156, 
•    Surxondaryo viloyatida — 101,
•    Qashqadaryo viloyatida — 21, 
•    Toshkent viloyati — 637,
•    Toshkent shahrida — 413 
nafar bemor uyda davolanmoqda. 

Ularning barchasi shifokorlar nazoratida bo‘lib, kerakli tavsiyalar berib borilyapti.

Bepul dori-darmonlar hamda bir martalik tibbiy niqoblarni yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.

Uyda davolanish amaliyotini o‘tayotgan bemorlar 10 kun davomida kuzatuvda bo‘ladi. Test natijalariga qarab, kuzatuv bekor qilinadi yoki davom ettiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

533

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing