O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonliklarga muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun navbatdagi chaqiruv e’lon qilindi. Bu haqda joriy yil 29 yanvar kuni qabul qilingan “O‘zbekiston fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi Prezident qarorida so‘z boradi.

Qarorga ko‘ra, chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekistonning chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2025 yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.

Harbiy xizmatga yaroqli, shu jumladan, cheklovlar bilan yaroqli bo‘lgan hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq ushbu chaqiruv davrida Qurolli kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinadi.

Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilar 2025 yilning mart-aprel oylarida O‘zbekiston Qurolli kuchlari rezerviga bo‘shatiladi.

Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov zimmasiga yuklandi.


Maqola muallifi

Teglar

chaqiruv muddatli harbiy xizmat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing