Ukrainada erkak urushga bormaslik uchun jinsini o‘zgartirdi

Olam

image

Ukrainaning Xarkov shahrida yashovchi fuqaro muddatli harbiy xizmatga chaqirilmaslik uchun jinsini o‘zgartirdi. Bu haqda kecha, 19 fevral kuni Ukrainaning “Strana” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, erkak (hozir ayol) barcha qonuniy tartiblardagi hujjatlarni to‘plab, jinsini ayol sifatida rasmiylashtirgan hamda yangi pasport olgan.

Shundan so‘ng u hududiy chaqiruv markaziga murojaat qilib, o‘zini harbiy ro‘yxatdan chiqarishni talab qilgan. Dastlab harbiy komissariat bu talabni rad etgan. Ularning bildirishicha, fuqaro harbiy-tibbiy ko‘rikdan o‘tmagani sababli xizmatga yaroqli deb hisoblangan.

Masala sudgacha yetib borgandan so‘ng Xarkov sudi da’vogarning foydasiga qaror chiqarib, harbiy komissariat harakatlarini noqonuniy deb topgan. Shuningdek, fuqaroni chaqiruv ro‘yxatidan chiqarishni buyurgan. Sud qaroriga ko‘ra, amaldagi qonunchilikka binoan ayollar faqat o‘z xohishiga ko‘ra harbiy xizmatga yozilishi mumkin. Shu bois, hujjatlarda ayol sifatida qayd etilgan shaxsni majburiy chaqiruv ro‘yxatida saqlash mumkin emas. 

Ayni vaqtda mazkur holat Ukraina OAVlarida keng muhomalarga sabab bo‘lmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Sud muddatli harbiy xizmat Xar'kov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing