O‘zbekistonda MMA bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkaziladi

Sport

image

Xalqaro aralash jang san’atlari federatsiyasi (IMMAF) prezidenti Kerrit Braun shuningdek, Bosh ijrochi direktori Densin Uayt hamda tashkilotning Osiyo qit’asi direktori Vissam Abi Nader aralash jang san’atlari bo‘yicha Jahon chempionati  Markaziy Osiyo davlatlari orasida ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilishini e’lon qildi.

Kecha, 30 yanvar kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan Xalqaro aralash jang san’atlari federatsiyasi rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Mahmudov va O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Toshmatov ham ishtirok etgan.

Anjumanda shu yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida aralash jang san’atlarining havaskorlar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston aralash jang san'atlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing