O‘zbekistonda millioner viloyatlar soni bittaga ko‘paydi

Jamiyat

image

2020 yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, Navoiy viloyatining doimiy aholisi soni 1 mln 9,3 ming kishini tashkil etib, respublikadagi aholisi soni milliondan ko‘p bo‘lgan viloyatlar qatoriga kirdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Sirdaryo viloyatining doimiy aholisi soni esa 856,9 ming kishini tashkil etib, respublikadagi aholisi soni milliondan kam yagona viloyat bo‘lib qolmoqda.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil 1 oktyabr holatiga doimiy aholi sonining hududlar bo‘yicha taqsimlanishi:

Samarqand viloyati – 3928,7 ming kishi;

Farg‘ona viloyati – 3802,7 ming kishi;

Qashqadaryo viloyati – 3318,0 ming kishi;

Andijon viloyati – 3172,1 ming kishi;

Toshkent viloyati – 2977,8 ming kishi;

Namangan viloyati – 2852,3 ming kishi;

Surxondaryo viloyati – 2667,3 ming kishi;

Toshkent shahri – 2654,6 ming kishi;

Buxoro viloyati – 1939,6 ming kishi;

Qoraqalpog‘iston R. – 1916,1 ming kishi;

Xorazm viloyati – 1884,1 ming kishi;

Jizzax viloyati – 1403,2 ming kishi;

Navoiy viloyati – 1009,3 ming kishi;

Sirdaryo viloyati – 856,9 ming kishi.


Maqola muallifi

Teglar

aholi

Baholaganlar

932

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing