O‘zbekistonda metan “zapravka”lar faoliyatiga qishki cheklovlar kiritish boshlandi
Jamiyat
−
04 dekabr 2023
19389Andijon viloyatidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarining ish soatlariga cheklovlar o‘rnatilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, havo haroratining keskin sovib ketishi tufayli tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ijtimoiy soha obektlari (maktab, bog‘cha, shifoxona va boshqalar)ga yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda.
“Viloyatdagi mavjud avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga tabiiy gazni yetkazib berish joriy yilning 4 dekabridan har kunlik ertalab soat 06:00 dan – soat 15:00 ga qadar belgilandi”, deyiladi xabarda.
Hokimlik viloyatdagi haydovchilardan avtoulovlarga gaz to‘ldirish zaruriyatini shu vaqt oralig‘ida texnika xavfsizligi qoidalari asosida amalga oshirishni so‘ragan.
Hokimlik AGTKSHlar faoliyatida o‘zgarishlar kuzatilsa qo‘shimcha ma’lumotlar berilishini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi