O‘zbekistonda majburiy mehnat eng ko‘p qaysi sohalarda uchrayotgani ma’lum qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda majburiy mehnat holatlarining aksariyati xalq ta’limi, bank-moliya, tibbiyot, transport va obodonlashtirish tarmoqlarida uchramoqda. Bu haqda kecha, 18 avgust kuni Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish illiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida aytib o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Milliy komissiya raisi Tanzila Norboyeva olib borgan majlisda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida 2021 yilning 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar, ko‘rilgan choralar hamda ushbu yo‘nalishlarda hali o‘z yechimini kutayotgan masalalar muhokama qilingan.

Qayd etilishicha, ayrim mahalliy ijro hokimiyati organlari, vazirlik va idoralarning quyi tuzilmalari rahbarlari tomonidan majburiy mehnatga jalb qilish holatlari hali hamon kuzatilmoqda.

Xususan, hisobot davrida Mehnat inspeksiyasi tomonidan joylarda xodimlarni o‘z funksional vazifasiga kirmaydigan ishlarga jalb etish bo‘yicha 41 ta holat aniqlangan. Sohalar kesimida aytganda, majburiy mehnat holatlarining aksariyati xalq ta’limi, bank-moliya, tibbiyot, transport va obodonlashtirish tarmoqlarida uchramoqda.

Yig‘ilishda joriy yilgi paxta yig‘im-terim mavsumida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik, mehnat munosabatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirish, terimchilar uchun munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar ham muhokama qilingan.

O‘z navbatida, joylarda odam svadosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha xududiy komissiyalar hisobotlari eshitilgan.


Maqola muallifi

Teglar

odam savdosi majburiy mehnat

Baholaganlar

388

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing