O‘zbekistonda masjidlar soni 2 100 tadan oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi masjidlar soni yana bittaga ko‘payib, jami 2101 taga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Qoraqolpog‘istonning Chimboy tumani "Kenges" ovulida "Yusuf ota" jome masjidi o‘z faoliyatini boshladi. Qurilish ishlari bir yil davomida barcha qulayliklarga ega holatda tadbirkorlar va mahalliy aholi tomonidan bitkazildi.

Shu bilan ushbu tumanda masjidlar soni 1 taga ko‘payib, Qoraqalpog‘istondagi jami masjidlar soni 58 taga yetdi.

Ma’lumot uchun, bundan oldingi Qoroqalpog‘istondagi  57-masjid shu oyda Qonliko‘l tumani “Qos jap” ovul fuqarolari yig‘ini hududida “Atajan xo‘ja” nomi bilan ish boshlagandi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

masjid

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing