O‘zbekistonda masjidlar 17 avgustda ochiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda diniy tashkilotlar 17 avgustdan ochiladi. Bu haqda O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarorida belgilandi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 17 avgustdan boshlab:

hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) o‘rtasida avtotransport vositalari qatnovini tiklash;

jamoat transporti, shahar (tuman) va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobus qatnovi (metropoliten faoliyati bundan mustasno). Ushbu transport faoliyatini tashkil etish uchun: 

har qatnovga chiqishdan oldin haydovchi va konduktorlarning tana harorati pirometrlarda o‘lchanib, 37°S va undan yuqori bo‘lgan holatda ularning transport vositasini boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularning tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lishi;

jamoat transportida yo‘lovchilarning tibbiy niqobda bo‘lishi va ular orasida ijtimoiy masofa saqlanishi, tibbiy niqob bo‘lmagan holatda ularning transportga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik;

transport vositasi doimiy ravishda har qatnovga chiqishdan oldin (shu jumladan, har bir o‘rindiqni) to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkazilishi zarur.

diniy tashkilotlar faoliyatiga (har kuni dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish hamda qat’iy ijtimoiy masofani saqlash cheklovlariga rioya etilishini ta’minlagan holda). Bunda, diniy tashkilotlarda juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlarni vaqtinchalik amalga oshirmaslik talab etiladi;


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing