O‘zbekistonda mandarin rekord darajada arzonlashdi
Bu qiziq
−
16 dekabr 2023
77352O‘zbekistonda mandarinning ulgurji narxi o‘tgan haftadan buyon pastlab, yilning shu davri uchun eng past darajaga yetdi. Bu haqda EastFruit tahlilchilari ma’lum qildi.
Bildirilishicha, o‘tgan hafta O‘zbekistonda mandarinlarning ulgurji narxi keskin – bir hafta ichida 38 foizga tushib ketgan. Buning asosiy sababi O‘zbekiston bozoriga Pokiston mandarinlarining katta miqdorda kirib kelishidir.
2023 yilning 8 dekabridan 15 dekabriga qadar O‘zbekistonda mandarinning o‘rtacha ulgurji narxi 1 kg uchun 10 mingdan 8 ming so‘mgacha, ya’ni, 20 foizga pasaygan. Oktyabr oxirlarida ushbu mevaning o‘rtacha ulgurji narxi 29 ming so‘mligini hisobga olsak, mandarinning qiymati ayni paytgacha 3,6 baravarga kamayganini bildiradi.
O‘tgan yilning shu davriga solishtirganda mandarin narxi 27 foizga, 2021 yilgi ko‘rsatkichga nisbatan esa 33 foizga arzonlashgan.
Ma’lumot uchun, 2022 yilda Eron O‘zbekistonga mandarin yetkazib beruvchi mamlakatlar orasida peshqadam bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda apelsinning ulgurji narxi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ancha arzonlagani xabar berilgandi.