O‘zbekistonda maktablar 14 sentyabrdan ochilishi mumkin
Jamiyat
−
25 avgust 2020 18810 1 daqiqa
O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim maktablari sentyabr oyining o‘rtalarida ochilishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida Xalq ta’limi tizimiga doir o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilingan.
Videoselektorda quyidagi topshiriqlar berilgan:
• 7 sentyabrdan yashil hududlarda tajriba tariqasida maktablar ochiladi;
• 14 sentyabrdan barcha hududlardagi maktablar ochiladi.
Maktablar ochilgach, o‘quvchilar “Sinf rejimi” tartibida o‘qishadi. Ya’ni xonama-xona ko‘chib yurmaydi.
Barcha hududiy viloyat hokimliklari tomonidan 10 sentyabrga qadar barcha maktablar antiseptik va boshqa kerakli vositalar bilan ta’minlanadi Ko‘chma qo‘l yuvish joylari ham tashkil etiladi.
Barcha o‘qituvchilar koronavirusga test topshiradi, keyinroq virusga qarshi vaksina qilinadi.
Barcha maktablarda izolyatsiya xonalari tashkil qilinadi. Maktablarning birontasida burjuyka pechkalar qolmaydi. Yotoqda qoladigan o‘quvchilar (IDUMI) oziq ovqatlari albatta SES nazorati ostida bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu ma’lumotlar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan hozircha rasman tasdiqlanmagan. Vazirlik maktablarni ochish bo‘yicha ota-onalar fikrini o‘rganib qaror qilishini ma’lum qildi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025