O‘zbekistonda ko‘proq qaysi yoshdagilar koronavirusga chalinayotgani ma’lum bo‘ldi

Salomatlik

image

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirusga chalinish holatlari qaysi yosh oralig‘ida uchrayotganiga aniqlik kiritdi. Qayd etilishicha, koronavirusga chalingan bemorlarning aksariyati 30-50 yosh atrofidagi fuqarolardir.

Bugun, 6 sentyabr holatiga ko‘ra, COVID-19 infeksiyasi qayd etilganlar 43 476 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 17 751 nafari ayollar, 25 725 nafari erkaklardir. Bugungacha bemorlarning 40 880 nafari yoki 94 foizi sog‘aygan.

Koronavirus infeksiyasi aniqlanganlarning yosh ko‘rsatkichlari quyidagicha: 

•    12 173 nafari (28 foiz) 30-39 yosh;
•    10 304 nafari (23,7 foiz) 20-29 yosh;
•    7 521 nafari (17,3 foiz) 40-49 yosh; 
•    5 347 nafari(12,3 foiz) 50-59 yosh;
•    2 652 nafari (6,1 foiz) 10-19 yosh;
•    2 565 nafari (5,9 foiz) 60-69 yosh;
•    1 956 nafari (4,5 foiz) 0-9 yosh;
•    739 nafari (1,7 foiz) 70-79 yosh; 
•    219 nafari (0,5 foiz) 80 va undan katta yosh oralig‘iga to‘g‘ri keladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i F.Sharipovning ma’lum qilishicha, 6 sentyabr holatiga hozirda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar uchun tayyorlangan shifo o‘rinlarida 2 251 nafar bemor davolanmoqda. Ularning 198 nafari o‘ta og‘ir, 366 nafari og‘ir holatda. O‘ta og‘ir va og‘ir holatdagi 564 nafar bemorlardan 110 nafari sun’iy nafas olish apparatida, 222 nafari noinvaziv sun’iy nafas apparatida SIPAP rejimida hamda 175 nafari maxsus moslama yordamida burun orqali kislorod olmoqda.

O‘ta og‘ir va og‘ir ahvoldagi 564 nafar bemorning 353 nafari Zangiota kompleksiga, 56 nafari Toshkent shahriga, 38 nafari Samarqand viloyatiga, 31 nafari Sirdaryo viloyatlariga, 21 nafari Qashqadaryo, 17 nafari Surxondaryo, 6 nafardan Buxoro, va Jizzax, 3 nafardan Namangan va Xorazm va 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri kelmoqda.

SSV bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda kasallanish va o‘lim holatlari, asosan, yurak qon-tomir kasalliklari, qandli diabet, o‘pkaning surunkali kasalliklari bo‘lgan va ortiqcha vazn, tamaki, alkogol mahsulotlarini iste’mol qilgan, shuningdek, kamharakat insonlarda ko‘proq uchragan.

Og‘ir holatdagi barcha bemorlarga Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh mutaxassislari, RSHTYOIM mutaxassislaritomonidan videokonsultatsiyalar ko‘rinishida amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Bundan tashqari, Rossiya, Turkiya davlatlaridan tashrif buyurgan mutaxassislar hududlarda og‘ir bemorlarni mahalliy mutaxassislar bilan ko‘rib, tavsiyalar berishmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

216

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing