O‘zbekistonda kunlik sog‘ayish bo‘yicha rekord yangilandi
Jamiyat
−
29 iyul 2020
18801O‘zbekistonda koronavirusdan davolanganlar bo‘yicha yangi rekord qayd etildi. Bugun, 29 iyul kuni respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 672 nafari sog‘aydi.
Jumladan:
- 323 nafari Toshkent shahrida;
- 148 nafari Toshkent viloyatida;
- 93 nafari Surxondaryoda;
- 29 nafari Andijonda;
- 29 nafari Sirdaryoda;
- 19 nafari Farg‘onada;
- 17 nafari Namanganda;
- 14 nafari Qashqadaryoda kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘nggi rekord natija kecha, 28 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda mamlakatning turli hududlarida 591 nafar bemor tuzalgandi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda 12 937 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (57 foiz) sog‘aygan.
LiveBarchasi