O‘zbekistonda kunlik koronavirusga chalinish holatlari ko‘paymoqda
Jamiyat
−
24 iyun 2021
9177Kecha, 23 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 107708nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada kasallanganlar soni 442 nafarga ko‘paygan.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 12 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 12 nafari Andijon viloyatida,
- 17 nafari Buxoro viloyatida,
- 31 nafari Jizzax viloyatida,
- 12 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 2 nafari Navoiy viloyatida,
- 10 nafari Namangan viloyatida,
- 86 nafari Samarqand viloyatida,
- 9 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 33 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 18 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 16 nafari Xorazm viloyatida,
- 46 nafari Toshkent viloyatida,
- 138 nafari Toshkent shahrida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Buxoro viloyatida 10 nafar,
- Jizzax viloyatida 23 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 10 nafar,
- Navoiy viloyatida 5 nafar,
- Namangan viloyatida 8 nafar,
- Samarqand viloyatida 45 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 11 nafar,
- Xorazm viloyatida 21 nafar,
- Toshkent viloyatida 64 nafar,
- Toshkent shahrida 201 nafar bemor sog‘aygan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 103472 (+398) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 723 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3513 nafar bemor davolanmoqda.
LiveBarchasi