O‘zbekistonda kuniga qancha odam o‘lishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda statistika bo‘yicha bir kunda 600 tagacha o‘lim holati to‘g‘ri kelyapti. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Rajabboy Isroilov AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lumot berdi.

Bu ko‘rsatkich issiq mavsumda oshishi mumkin. Bu ko‘rsatkich faqatgina koronavirusdan emas, boshqa kasallikdan o‘lganlarni ham o‘z ichiga oladi.

“Kasallik bor ekan, o‘lim ham bo‘lishi mumkin. Karantin boshlangandan buyon koronavirus tarqalishini chegaralash uchun barcha shifoxonalarda shu infeksiya va boshqa kasallikdan nobud bo‘lganlarni faqatgina respublika patologoanatomiya markazi orqali yuvib, dezinfeksiyalab berish yo‘lga qo‘yilgan. Bemor koronavirusdan vafot etgan bo‘lsa, tashkiliy usulda mozorga olib borib, boshqa kasaldan vafot etgan bo‘lsa, qarindoshlariga berib, uni ham uyigacha kuzatib, o‘zining mahallasida dafn qilinar edi.

Odamlar faqat koronavirusda o‘lyapti deb o‘ylamang. O‘zbekistonda statistika bo‘yicha jami aholiga bir kunda 500 tadan 600 tagacha o‘lim holati to‘g‘ri keladi. Bular orasida yosh bolalardan tortib qariyalargacha mavjud. Iyul oyida yozgi chilla bo‘lgani uchun bu statistika, o‘lim holati 10 foizga ko‘payishi mumkin.

O‘lim holati bir joyda yig‘ilib qolmasligi uchun SSV tomonidan Toshkent shahridagi barcha kasalxonalarda patologoanatomiya bo‘limlarini tashkil qilib, mayitni o‘sha joydan qarindosh-urug‘larga berishni tashkil qilish rejalashtirilgan. Bu bo‘yicha ko‘rsatma tayyor, shu kunlarda tasdiqlanib, barchaga tarqatiladi”, dedi Rajabboyev.

Avvalroq, Koronavirusga qarshi kurash shtabining boshqa bir a’zosi Habibullo Oqilov koronavirusdan vafot etganlarning real soni rasmiy e’lon qilinayogan raqamlardan boshqacha ekanini aytib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

o'lim

Baholaganlar

1743

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing