O‘zbekistonda kuchli yer silkinishi sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
26 dekabr 2020
75778Bugun, 26 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:28 da (26.12.2020 yil, Grinvich bo‘yicha 10:28 da) Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 40,19 gradus shimoliy kenglik; 71,66 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,2. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 238 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
Toshkent : 238 km, 2 ball.
Namangan : 90 km, 4 ball.
Andijon : 88 km, 4 ball.
Farg‘ona : 24 km, 6 ball.
Guliston : 246 km, 2 ball.
Jizzax : 325 km, 2 ball.
Samarqand : 405 km, 2 ball.
LiveBarchasi