O‘zbekistonda kuchaytarilgan karantin tartibi 10 maygacha uzaytirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilang O‘zbekistonda kuchaytirilgan karantin tartibi joriy yilning 10 mayiga qadar uzaytirildi. 

Qayd etilishicha, Respublika hududida koronavirusga qarshi kompleks chora-tadbirlar va eng asosiysi mas’uliyatni chuqur his qilgan aholi tomonidan o‘zini yakkalash hayot tarziga o‘tganligi va "ijtimoiy masofalanish" tamoyiliga amal qilishi aniq samara bermoqda.

Amalga oshirilayotgan karantin tadbirlarining natijadorligi saqlab qolinishini ta’minlash maqsadida:

Respublika maxsus komissiyaning 2020 yil 20 aprelgacha kiritilgan cheklovchi tadbirlari (karantin) hamda koronavirus infeksiyasi tarkalishiga karshi kiritilgan kuchaytirilgan tartib 2020 yilning 10 mayiga qadar uzaytirilganini ma’lum qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus xavfi sabab 24 mart soat 00:01 dan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

483

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing