O‘zbekistonda koronavirusni yo‘q qiladigan kombinezon ishlab chiqarildi

Jamiyat

image

O‘zbek to‘qimachilari tomonidan bakteriya va virusdan zararlanishni oldini oluvchi tibbiy kombinezonlar yaratildi. Ushbu himoya vositalari 100 foiz paxtali gidrofob matosiga asoslangan holda ishlab chiqarilmoqda. Paxta matolariga maxsus himoya xususiyatlarini berish texnologiyasini qo‘llash orqali ishlab chiqarilgan kombinezonlar patogen bakteriya va viruslarni yuqtirish xavfini oldini oladi.

Ushbu loyiha tashabbuskori “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi “Cotton Road” qo‘shma korxonasi bo‘lib, hozirgi vaqtda Germaniyaning “SHT GmbH” va Shveysariyaning “CHT Switzerland AG” kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomaga binoan korxona Yevropaning so‘nggi “HeiQ Viroblock” innovatsion ishlanmasini o‘zlashtirdi. 

Aytilishicha,  yangi texnologiya qisqa 5-10 daqiqada SARS-CoV-2 patogen sekretsiyasini faol ravishda yo‘q qilishga, kiyimlarni o‘z-o‘zini tozalashga imkon beradi. Bu esa hozirgi vaqtda ishlatilganlar himoya kombinezonlariga qaraganda samaraliroq. Ushbu innovatsion texnologiya Shveysariyada antivirus matolarni ishlab chiqarish uchun maxsus yaratilgan.

Paxta matosidan ishlab chiqarilgan kombinezonlar polimer, xususan spanbonddan ishlab chiqarilgan kombinezonlarga nisbatan quyidagi ustunliklarga ega:

•  havoni yaxshi o‘tkazishi tufayli bunday kombinezonlar himoya xususiyatlarini saqlab, ortiqcha issiqlikni olib tashlashni ta’minlab, uzoq muddatli qulay ishlashni ta’minlaydi;

•  qayta foydalanish imkoniyati tufayli 5-7 martadan ko‘proq moliyaviy tejashni ta’minlaydi, chunki qayta ishlatiladigan (kamida 15 marotaba foydalanishga imkon beradigan) kombinezonlar narxi bir martali ishlatiladigan mahsulot narxidan atigi 2 baravar yuqori;

•  mahalliy xom ashyodan ishlab chiqarilgan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

464

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing