Koronavirusni uyda davolash amaliyotini yo‘lga qo‘yish kerak – Shavkat Mirziyoyev

Jamiyat

O‘zbekistonda koronavirusning yengil shakliga chalingan yoki kasallik alomatlarsiz o‘tayotgan bemorlarni uyda davolash amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli tuzilmalar bilan birgalikda tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xodimlari, huquq-tartibot va mahalla vakillari ishtirokida uyma uy yurib, faol tushuntirish ishlarini olib borishi kerakligini ta’kidladi.

Shuningdek, aholiga xizmat ko‘rsatadigan, bevosita aloqada bo‘ladigan barcha muassasalar xodimlarini muntazam koronavirusga testdan o‘tkazish amaliyotini kengaytirish kerakligi ta’kidlandi.

“Virusning yengil shakllari aniqlangan yoki kasallik alomatlarsiz o‘tayotgan bemorlarni uy sharoitida tibbiy nazoratda ushlash va davolash amaliyotini yo‘lga qo‘yishimiz kerak. Albatta, iqtisodiyotni tiklashimiz, ishchi joyi tashkil qilishimiz kerak. Lekin bu baloni hech qachon unutmasligimiz kerak. Biz uch oylik juda og‘ir yo‘ldan o‘tdik”, dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev har bir tuman, to‘rtta sektor rahbarlarini ogohlikka davat etdi va karantin normalariga qattiq rioya qilinsa, bu holatdan eson-omon chiqish mumkinligini aytib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

549

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing