O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qayta emlash boshlandi
Jamiyat
−
22 noyabr 2021
11353O‘zbekistonda koronavirusga qarshi buster (qo‘shimcha) doza bilan ixtiyoriy emlash boshlandi.
Mamlakat bosh davlat sanitariya vrachining ko‘rsatma xatiga muvofiq, joriy yilning 17 noyabr kunidan boshlab to‘liq emlangan fuqarolar (2 yoki 3 marotaba emlanganlar) buster doza bilan ixtiyoriy emlanadi.
Ta’kidlanishicha, qayta emlash aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasiga qarshi immunitetni oshirish maqsadida yo‘lga qo‘yildi.
Buster doza bilan emlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- buster doza bilan emlanuvchi kontingentga to‘liq vaksina kursini olganiga 6 oy va undan ortiq vaqt o‘tgan aholi kiradi;
- buster doza olmoqchi bo‘lgan aholi Respublikaning barcha davolash profilaktika muassasalarining emlash punktlarida emlanishi mumkin;
- emlash punktida buster dozani vaksinaning har qanday turidan foydalangan holda olish mumkin.
Ma’lumot uchun, 20 noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 31,4 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanilgan. Emlanishi rejalashtirilganlarning 76,7 foizi kamida birinchi dozani olgan.
LiveBarchasi