O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash ishlari 1 apreldan boshlanmasligi mumkin

Jamiyat

image

Avvalroq O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash ishlari joriy yilning 1 aprelidan boshlanishi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq emlash ishlari rejadagidek boshlanmasligi mumkin. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ma’lum qildi.

Qayl etilishicha, koronavirus infeksiyasiga qarshi emlashni tashkil etish uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rilyapti. Vaksinalarni joylarga yetkazib berish ham vaqt talab qilgan. Keltirilgan vaksinalar 20 martga qadar viloyatlardagi emlash punktlariga yetkazilgan. 

"Ular Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardagi maxsus omborxonalarda sovuqlik zanjiriga amal qilingan holda saqlanmoqda. Emlashning nega shu kunlarda boshlanmaganiga to‘xtalsak, ma’lumki, 20-21-22 mart kunlari Navro‘z bayrami munosabati bilan respublika aholisi uchun dam olish kunlari e’lon qilindi. Shu jumladan, tibbiyot xodimlari ham shu kunlarda dam olishdi", deyiladi SEOJSX xabarida.

Shu sababdan virusga qarshi emlash ishlari 1 apreldan emas, 5 apreldan boshlanishi mumkin. Lekin bu kechikish vaksinalar sifati yoki tibbiyot xodimlari tayyorgarligi bilan bog‘liq emas. 

"Bu bilan bog‘liq muammo yo‘q. Vaksinalarni olib kelish, saqlash, emlash ishlariga uch oydan beri tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Hattoki bu jarayonda hosil bo‘ladigan tibbiy chiqindilarni o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilish bo‘yicha ham alohida ko‘rsatmalar berilgan", deya yakunlangan tashkilot xabari.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

185

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing