O‘zbekistonda koronavirusga qarshi dori ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan “Nobel Pharmsanoat” kompaniyasi “Kovipir” nomi ostida favipiravir faol moddasi asosida dori vositasini ishlab chiqarish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonini boshladi. Bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi xabar berdi.

Kompaniya sifat bo‘yicha direktori Shamshod Sharipov so‘zlariga ko‘ra, ushbu dori vositasining patenti Yaponiyaning “Toyama Chemical” kompaniyasiga tegishli hisoblanadi. RNK saqlovchi virus (gripp, rinovirus, nafas olish tizimi viruslari va boshqa)larga qarshi keng ta’sir doirasiga ega ushbu dori vositasini koronavirusga qarshi ijobiy tasiri isbotlangan. 2020 yil fevral oyidan boshlab Yaponiyada koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda qo‘llana boshlangan. 

Shu oyning o‘zidayoq Xitoyning “Zhejiang Hisun Pharmaceutical” kompaniyasi uni “Favilavir” savdo nomi ostida ishlab chiqarishni boshladi. Rossiyada esa may oyidan e’tiboran “Avifavir” nomida “XimRar” va Rossiyaning investitsiya fondi hamkorligida ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.

“Nobel Pharmsanoat” koronavirusga qarshi ushbu “Kovipir” dori vositasini eng avvalo O‘zbekiston ehtiyojlari uchun ishlab chiqaradi va xorijga eksportini ham amalga oshiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

675

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing