O‘zbekistonda koronavirusga qarshi birinchi bo‘lib kimlar emlanishi ma’lum qilindi
Jamiyat
−
11 fevral 2021
9088O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasininig navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlashni o‘tkazish algoritmi va alohida tartibini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berildi.
Bunda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlashni faqatgina ixtiyoriylik tamoyili asosida amalga oshirish, shuningdek, birinchi navbatda koronavirus yuqish xavfi darajasi yuqori bo‘lgan quyidagi shaxslarni emlash nazarda tutiladi:
• 65 yoshdan oshgan qariyalar va keksalar;
• surunkali kasalliklari bor shaxslar;
• tibbiyot xodimlari;
• maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda oliy ta’lim muassasalari xodimlari;
• aholi bilan bevosita muloqotga kirishadigan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari.
Shuningdek, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyat biroz bo‘lsa-da barqarorlashganini inobatga olib, aholiga madaniy xordiq chiqarishlarini tashkillashtirish maqsadida konsert saroylarining tomoshabin o‘rindiqlaridan oraliq masofani saqlagan holda (tomoshabinlarni ikkita yonma-yon o‘rindiqda joylashtirib, har uchinchisini bo‘sh qoldirish) tashkil etish tartibi belgilandi.
LiveBarchasi