O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning yoshi va jinsi haqida ma’lumot berildi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar 49 nafarga yetgani haqida ma’lumot bergan edik. Bugun, 24 mart kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu bemorlarning yoshi va jinsi haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, bemorlarning 19 nafari erkak, 30 nafari ayol kishi hisoblanadi.

"Yosh jihatdan qaraydigan bo‘lsak, 0-9 yoshgacha – 4 nafar, 10-19 yoshgacha – 1 nafar, 20-40 yoshgacha – 27 nafar, 40-50 yoshgacha – 7 nafar hamda 50-59 yoshgacha – 4 nafar, 60-70 yoshgacha bo‘lgan esa 6 nafarni tashkil etmoqda" deyiladi SSV ma’lumotida.

Shuningdek, bemorlardan 11 nafari o‘rta og‘irlikda bo‘lib, ulardan 5 nafari avvaldan surunkali kasalliklarga chalinganligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surishtiruv hamda koronavirus infeksiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor

 

Maqola muallifi

Teglar

Sog'liqni saqlash vazirligi O'zbekiston Koronavirus

Baholaganlar

610

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing