O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 6 ming nafardan oshdi
Jamiyat
−
20 iyun 2020
9325Bugun, 20 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 79 nafarga oshib, 6025 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 70 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 9 nafari Toshkent viloyatida xorijdan chegara post orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistondada 4273 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (70 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 1733 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 15 nafari og‘ir, 1 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi