O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana ortdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasiga chalingan yana 30 nafar bemor aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. 

15 may soat 19:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2682 nafarni tashkil qilmoqda. Yangi kasallanish holatlarining 5 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lib, joriy yilning 13 may kuni ularning 3 nafari Qozog‘istondan, 2 nafari esa Rossiyadan kelgan. 25 nafar fuqaroning kasallanish holati esa (ularning 23 nafari Samarqand viloyatidan, 2 nafari Toshkent shahridan) oldin kasalligi tasdiqlangan 11 nafar bemor bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasidan aniqlandi. 

Ayni paytda mamlakatda 2158 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, hozirda mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 80 foizni tashkil qilmoqda. 

O‘zbekistonda bugungi kunda 513 nafar bemor davolanmoqda. Shifokorlar tomonidan barcha bemorlarga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

389

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing