O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni ortdi

Jamiyat

image

2020 yil 22 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1716 nafarni tashkil qilmoqda.

Ta’kidlash joizki, bugun, 22 aprel kuni koronavirus bilan bog‘liq umumiy 38 ta holat aniqlandi. Bu so‘nggi ikki hafta ichidagi eng yaxshi natija.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha bemorlarning 7 nafari vafot etgan.  

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

453

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing