Toshkent viloyatida ham aholi orasida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
22 may 2020
281252020 yil 22 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar 8 nafarga ko‘payib, 3036 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda bugun, 22 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 6 nafari Navoiy viloyatida, 1 nafari Toshkent viloyatida aniqlangan bo‘lib, infeksiya yuqtirgan yana 1 nafar fuqaro esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi hisoblanadi. Касаллиги qayd etilganlarning 7 nafari aholi orasidan aniqlandi. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat’iy karantinga olingan.
Ayni paytda yurtimizda 2492 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Hozirda mamlakatimizda davolanish ko‘rsatkichi 82 foizni tashkil etmoqda.
LiveBarchasi