O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 8 000 dan oshdi
Jamiyat
−
29 iyun 2020
9026Bugun, 29 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8031 (+83) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 47 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 32 nafari Toshkent shahrida (shundan 18 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 14 nafari aholi orasida), 4 nafari Jizzax viloyatida (barchasi aholi orasida) aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 5329 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 2680 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 19 nafari og‘ir, 6 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi