O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2600 nafarga yaqinlashdi
Jamiyat
−
13 may 2020
74262020 yil 13 may soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2596 (+28) nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Bugun kun davomida qayd etilgan 49 nafar yangidan kasallanish holatlarining 22 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 27 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlandi.
Ayni paytda mamlakatda davolanish ko‘rsatkichi 79 foizni tashkil qilmoqda. Qolgan barcha bemorlarga shifokorlar tomonidan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha bemorlarning 2055 nafari sog‘aygan va 10 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi