O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 24 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 31 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 236 nafarga oshib, 24 009 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 151 nafari Toshkent shahrida, 85 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 467 nafar, Toshkent viloyatida 184 nafar, Andijon viloyatida 41 nafar, Qashqadaryo viloyatida 32 nafar, Xorazm viloyatida 22 nafar, Sirdaryo viloyatida 21 nafar, Namangan viloyatida 13 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 4 nafar, jami 784 nafar bemor tuzalib, rekord natija qayd etildi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda 14 464 (+784) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (60 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 9 404 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

165

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing