O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 23 mingdan oshdi
Jamiyat
−
30 iyul 2020
10549Bugun, 30 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 206 nafarga oshib, 23 078 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 130 nafari Toshkent shahrida, 40 nafari Buxoro viloyatida, 20 nafari Sirdaryo viloyatida, 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 7 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 276 nafar, Toshkent viloyatida 152 nafar, Andijon viloyatida 33 nafar, Sirdaryo viloyatida 22 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar, hamda Buxoro viloyatda ham 6 nafar, jami 495 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda 13 432 (+495) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (58 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 9 512 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi