O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar deyarli 100 nafarga ko‘paydi
Jamiyat
−
26 iyun 2020
8262Bugun, 26 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 92 nafarga oshib, 7320 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 70 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 20 nafari Toshkent shahrida (shundan 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 2 nafari Buxoro viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida) qayd etilgan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 4913 (+36) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.
LiveBarchasi