O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar birdan 121 nafarga oshdi

Jamiyat

image

2020 yil 7 iyun soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 121 nafarga oshib, 4302 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 13 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 98 nafar Toshkent shahrida, 2 nafari Sirdaryo viloyatida, 8 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasida qayd etilgan.

Ayni paytda mamlakatda 3330 (+62) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.

Hozirda mamlakatda davolanayotgan 955 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

761

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing