O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 7800 dan oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda bugun, 28 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 88 kishiga ortib, 7813 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari:

•    64 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida;

•    14 nafari Andijon viloyati (shundan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida); 

•    6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida va yana 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi);

•    4 nafari Samarqand viloyatida aholi orasida qayd etilgan.

Ayni soatlarda poytaxtning tibbiyot muassasalarida 8 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. 

Shunday qilib, mamlakatda 5248 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 67 foizni tashkil qilmoqda.
 
Hozirda davolanayotgan 2544 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing