O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 65 mingdan oshdi
Jamiyat
−
25 Oktabr 2020
8581Bugun, 24 oktyabr kuni O‘zbekistonda 291 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Shu bilan birga, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 545 nafarga yetdi.
Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Sirdaryo, Namangan, Andijon, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona, Buxoro, Jizzax, Xorazm viloyatlarida 309 nafar bemor tuzaldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 65 102 nafar bemordan 62 342 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 215 nafar bemordan 281 nafari og‘ir, 77 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi