O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 64 mingdan oshdi – SSV

Jamiyat

image

Bugun, 21 oktyabr kuni O‘zbekistonda 304 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 536 nafarga yetdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Namangan, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida 355 nafar bemor tuzaldi. 

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 64 216 nafar bemordan 61 423 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 257 nafar bemordan 290 nafari og‘ir, 79 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

237

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing