O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 60 mingga yaqinlashdi

Jamiyat

image

Bugun, 8 oktyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 117 nafarga oshib, 59 905 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

•    73 nafari Toshkent shahrida, 
•    19 nafari Andijon viloyatida, 
•    10 nafar Qashqadaryo viloyatida, 
•    8 nafari Surxondaryo viloyatida, 
•    7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida aniqlangan. 

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 56 568 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2 843 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing